Çeçeniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov Buxoroda 1950-yillardan buyon Özbekistonda yaşayotgan çeçenistonlik keksa ayol Böku Umayeva bilan uçraşdi. Bu haqda Çeçeniston rahbari Telegram kanalida ma'lum qildi.
R.Qodirovning sözlariga köra, ayol kutilmaganda unga yaqinlaşgan. U genotsid vaqtida Çeçenistondan çiqarib yuborilgan.
"U kelib, meni quçoqladi, minnatdorçilik bildirdi. Buni men kutmagan edim, men uçun juda köp narsani boşidan ötkazgan keksalarning yaxşi munosabati juda katta örin tutadi.
U otam ta'lim olgan Buxoro madrasasiga borayotganimni bilgan. Va, meni köriş uçun atayin kelgan, lekin biz uzoq vaqt gaplaşa olmadik.
Böku Umayeva menga kelasi yilning yozida uçraşiş istagini bildirdi. Men uni tayyor bölsa, albatta Çeçenistonga olib kelaman. Axir, biz aynan ota-onalarimiz, ularning ruhiy kuçi, öz vatanlari, xalqiga bölgan muhabbati tufayli hayotimiz bilan qarzdormiz», - degan Ramzon Qodirov.
Eslatib ötamiz, Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov Özbekistonda ikki kunlik taşrif bilan böldi. Taşrif çoğida Qodirov Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan ham uçraşdi.












