Özbekistonning AQŞdagi favqulodda va muxtor elçisi Javlon Vahobov işonç yorliqlari nusxasini 17 oktabr kuni AQŞ Davlat departamentining bayonnoma rahbari vazifasini bajaruvçi Ketrin Hendersonga topşirdi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligining xabar berişiça, marosimda AQŞ Davlat departamentining Özbekiston va mintaqa bilan munosabatlariga mas’ul bölimlari rahbarlari iştirok etişdi.
AQŞ Davlat departamenti vakillari Özbekistonning Qöşma Ştatlardagi yangi elçisini mamnuniyat bilan kutib olişdi va kelgusida ikki tomonlama munosabatlar yanada faolroq rivojlanişiga umid bildirişdi.
Amerika diplomatik bayonnomasiga köra, şu paytdan boşlab Javlon Vahobov amalda öz vazifasini bajarişga kirişdi. Oq Uyda işonç yorliqlarining asl nusxasi AQŞ prezidenti Donald Trampga taqdim etilganidan söng, elçining maqomi yuridik jihatdan belgilab qöyiladi.
Eslatib ötamiz, bu lavozimga tayinlanişidan oldin Javlon Vahobov Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari sifatida işlagan.












