Huquqni muhofaza qiliş organiga kelib tuşgan ariza asosida olib borilgan suriştiruv-tergov harakatlari, şuningdek, nazorat qiluvçi organlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi Respublika Kengaşining ruxsati olib ötkazilgan rejadan taşqari hujjatli tekşirişda “Möyan-Sohibkor” agrofirmasi rahbarining jinoiy qilmişlari foş etildi. Agrofirma qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, xarid qiliş, saqlaş, içki bozorlarga yetkazib beriş hamda çet davlatlarga eksport qiliş bilan şuğullangan, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
2014 yil noyabr oyida payçilar kengaşining yiğilişida öttiz sakkiz yoşga kirgan Obidjon Javlonov (ism-familiyalar özgartirilgan) agrofirma rahbari lavozimiga tayinlanadi. Agrofirmaga aylanma mablağlarini töldiriş uçun “Milliy bank” Quvasoy filialidan 12 oy muddatga 500 mln. söm miqdorida kredit ajratib beriladi. O.Javlonov kredit mablağlariga Surxondaryo viloyatidagi fermer xöjaliklaridan hisori zotli qöylarni sotib ola boşlaydi. “Denov hisori qöylari”, “Xurşid ravnaqi” fermer xöjaliklarining hisob raqamlariga 40 boş va 192 boş qöy oliş uçun 50 mln. söm va 215 mln. söm ötkazdirib beradi. Qoramollar uçun yana 85 mln. söm ötkazadi. Vazirlar Mahkamasining agrofirmalar tomonidan şaxsiy yordam xöjaliklarga qişloq xöjaligi mahsulotlari, çorva mollari, uruğlik, köçatlar belgilangan tartibda tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar hisobiga yetkazib berilişi haqidagi qarori talablariga zid ravişda, qöylarni fuqarolarga “özaro kelişuv” tuzib, nasiyaga berib yuboradi. Fuqarolardan jami 190 mln. sömdan ziyod qarzlarni undiriş çoralarini esa körmaydi. 48 mln. 778 ming söm qiymatdagi 36 boş qöyni va narxi 2 mln. 800 ming söm bölgan bir boş qoramolni öziga, ya'ni ruxsatnomasining muddati tugagan yakka tartibdagi tadbirkor O.Javlonovning hisobiga çiqim qilib, sotib yuboradi. Naqd pulni şaxsiy ehtiyojlariga sarflaydi. Qöylar viloyatdagi 8 ta korxonaga sotilgani haqida soxta hujjatlarni agrofirma hisobxonasiga kiritib qöyadi.
Agrofirma bilan harbiy qism örtasida kartoşka yetkazib beriş haqida şartnoma tuziladi. O.Javlonov bank krediti hisobidan Toşkent şahridagi “Vernatural” MÇJdan har kilogrammi 1500 sömdan 150 mln. sömga 100 tonna kartoşka xarid qilib oladi. 73,9 tonnasini harbiy qismga xarid narxiga nisbatan ikki barobar past narxda yetkazib beradi. Kamomadning örnini qoplaş uçun Quva tumanidagi agrofirmaga 21 mln. sömga 15 tonna kartoşka sotilgani haqida qalbaki hisob-fakturalarni rasmiylaştirib qöyadi. “Milliy bank” Quvasoy filialiga kredit mablağlarining atigi 134 mln. 842 ming sömini qaytaradi. 365 mln. 158 ming sömni esa özlaştirib, talon-toroj qilib yuboradi.
Bundan taşqari, Farğona dehqon bozorida savdo qiluvçi yakka tartibdagi tadbirkor I.Xöjayevdan harbiy qismga topşirgani yetmay qolgan kartoşkani qarzga berib turişni iltimos qiladi. Biroz vaqt ötgaç, “200 gektarda kartoşka yetiştirayapmiz, şundan olib foydalanasiz”, deya undan naqd pul sörab oladi. Aldab olgan kartoşkaning haqi va naqd pulni – jami 14 mln. 700 ming sömni qaytarib bermay, tadbirkorni sarson qiladi. Dastlabki tergovda u tadbirkorga yetkazgan zararni töliq qopladi.











