2017 yilning 18 oktabr kuni Özbekiston Milliy matbuot markazida «Kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlar, ularning oldini oliş böyiça olib borilayotgan tadbirlar» mavzusida matbuot anjumani ötkazildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Anjuman Favqulodda vaziyatlar vazirligi taşabbusi bilan Soğliqni saqlaş vazirligi hamda «Öztransgaz» AK hamkorligida taşkil etildi.
Unda Içki işlar, Soğliqni saqlaş vazirliklari, Davlat veterinariya qömitasi, «Sanoatgeokontexnazorat» DI, Yonğinga qarşi kuraş jamiyati, şuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.
Matbuot anjumanida ta'kidlanganidek, yil boşidan bugungi kunga qadar is gazi bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning oldini oliş maqsadida bozorlarda, qozonxonalar, ğişt zavodlari va novvoyxonalarda hamda boşqa korxona taşkilotlarda reydlar ötkazilib, tekşiruvlar natijalariga köra 2115 ta nostandart va «qölbola» isitiş moslamalari sotuvdan çiqarilgan, 1378 ta obekt faoliyati batamom töxtatilgan, şuningdek joylarda 16 mingdan ortiq davra suhbatlari ötkazildi.
Bundan taşqari, öquv muassasalarida, taşkilot va korxonalarda ötkazilgan suhbatlar va seminarlar, şuningdek, mahallalardagi iş bilan band bölmagan fuqarolar bilan uyma-uy yurib, tarğibot işlari olib borilganligi va 300 mingdan ortiq eslatma, bukletlar tarqatilgan.












