Qozoğistonning Qizilörda viloyatida Microsoft akademiyasi va innovatsion muhandislik markazi oçiladi. Bu haqda BNews agentligi viloyat hokimi Qrimbek Kuşerbayevga tayanib xabar berdi.

«Joriy yilning aprel oyida Qizilörda viloyati Qozoğistonda birinçi bölib Microsoft kompaniyasi bilan hamkorlik töğrisida memorandum imzoladi. Iyuldan boşlab viloyatda onlayn ta'lim orqali zamonaviy muhandislik-kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvçi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş boşlandi. Şuningdek, qöşma ilmiy-tadqiqot va tajriba işlarini amalga oşiriş uçun Qizilörda davlat universiteti negizida Microsoft akademiyasini taşkil etişga kelişib olindi», - deya aytib ötdi mintaqa hokimi.

Şuningdek, Qizilörda viloyati Moskva pölat va qotişmalar instituti bilan hududda Moskvadagiga öxşaş tadqiqot va işlab çiqariş muhandislik markazini oçiş böyiça muzokaralar boşladi.