Özingiz uçun sport bilan şuğullanmasangiz ham, professional sportçi karerasi haqida orzu qilmasangiz ham, havaskor musobaqalarda qatnaşib turing. Bu sizga boşqa yöl bilan topib bölmaydigan qoniqiş hissini beradi, deyiladi "Layfxaker"da.
Töğri, ba'zi odamlar bolaligidan musobaqalarda iştirok etadi. Ularga buning nima uçun kerakligini tuşuntirişga hojat yöq, bu ular uçun - sportdagi hayotining oddiy bir qismi. Quyidagi tavsiyalar esa "özi uçun" sport bilan şuğullanuvçilar va musobaqalarda qatnaşişni istamaydiganlar uçun.
1. Qöşimça motivatsiyaga ega bölasiz
Ba'zan maşğulotlar zerikarli bölib boradi, vaqti-vaqti bilan esa ular kayfiyatingizni tuşirişi ham mumkin: masalan, biror narsaning uddasidan çiqa olmaganingizda. Musobaqalarga tayyorlanayotganingizda dangasalik yoki yomon kayfiyat çekinadi, zero siz oldindagi musobaqada munosib iştirok etiş uçun motivatsiya olasiz.
Oddiy maşğulotlarda siz, anglab yo anglamay, böş tomonlaringizni qayta işlaşni çetlab ötişingiz mumkin, çunki uddasidan çiqa olmayotgan narsaga qayta töqnaş keliş yoqimsiz.
Turnirga tayyorgarlik vaqtida esa heç qanday ikkilanişlarsiz özingizning böş tomonlaringiz ustida işlaşga kirişasiz va tezkor natijalarga ega bölasiz.
Men buni özimda his qildim. Sönggi ikki oyda men 20-25 kilogrammli ştangalar bilan şuğullandim. Musobaqalardan ikki kun oldin yana 10 kilogramm qöşdim va 35 kilogrammli ştangani kötardim.
Musobaqalarda uyatga qolmaslik uçun maşğulot sayin yanada şiddat bilan harakat qilardim. Qat'iy dedlaynsiz bu oğirlikka qanday yetib keliş mumkinligini tasavvur ham qila olmayman.
2. Unutilmas hissiyotlarga ega bölasiz
Musobaqa vaqtida siz maksimal darajada diqqatni jamlaşga muvaffaq bölasiz, imkoniyatlaringiz esa oşib boradi. Bularning bari adrenalin hisobiga röy beradi.
PIT (The People, Ideas and Things) jurnalida çop etilgan ilmiy maqola bu gormonning qanday işlaşiga izoh beradi.
Adrenalin yurak ritmi va qon bosimini oşiradi, yurakning qon işlab çiqariş xususiyatini yaxşilaydi. Qon tomirlari skelet muşaklari va boş miyaga köproq ozuqaviy moddalar yetkazib beradi, buning hisobiga esa diqqatni jamlaş jarayoni yaxşilanadi.












