Rossiyaning Perm şahrida şaurma sotuvçisi bölib işlagan qirğizistonlik ayol 34 kişi zaharlangani uçun sudlanadi, deb xabar bermoqda mahalliy naşrlar.
Xabar qilinişiça, 2015 yil dekabr oyidan 2016 yil iyun oyiga qadar Qirğiziston fuqarosi şaurma sotiladigan dökonçada sotuvçi bölib işlagan. Ayol tibbiy daftarça va işlaşga huquqi bölmagan holda mehnat faoliyatini olib borgani aytilmoqda. Dökon esa şaharning Milçkov köçasida joylaşgan.
Dökonda kanalizatsiya tizimi bölmagan, şu sababdan idiş-tovoqlar idişlarga solingan suv bilan yuvilgan, oziq-ovqat mahsulotlari esa bu yerdan unça uzoq bölmagan joyda sotib olingan. Şaurmadan söng öttiz nafar kişi şifoxonaga murojaat qilgan, ularga salmonellez taşxisi qöyildi. Jabrlanganlardan yana tört nafari uyda davolangan. Bakteriya dökonçaning özidan, şuningdek sotuvçi ayolning biologik tahlillaridan topilgan.











