AQŞning aksariyat fuqarolari ayni vaqtda Şimoliy Koreyani IŞID, Rossiya, Xitoy va Erondan xavfliroq deb bilişmoqda. Bundan NBC News telekanali va SurveyMonkey kompaniyasi birgalikda ötkazgan sörovnoma natijalari darak bermoqda.
Sörovnomaga köra, oktabrda respondentlarning 54 foizi Şimoliy Koreyani boş xavf deb aytişgan, vaholanki iyulda bu körsatkiç 41 foiz edi.
Şuningdek, IŞIDni boş xavf deb aytgan respondentlar miqdori 28 foizdan 19 foizgaça, Rossiyadan qörqayotgan amerikaliklar miqdori esa 18 foizdan 14 foizgaça kamaygan.
Amerikaliklar AQŞ uçun boş xavflar orasida Xitoy va Eronni ham aytib ötişgan, bu davlatlarni mos ravişda 6 va 4 foiz respondentlar boş xavf sifatida körişmoqda.
Söralganlarning köpçiligi, ya'ni 64 foizi Vaşington va Pxenyan örtasidagi nizo diplomatik yöl bilan hal qilinişiga umid bildirişgan.
Sörovnoma 13-17 oktabr kunlari ötkazilgan va unda 5 mingdan köproq amerikalik iştirok etgan.












