Toşkent şahar IIBBda bölib ötgan matbuot anjumanida yangi namunadagi haydovçilik guvohnomalarini 20 oktabr kunidan boşlab oliş mumkinligi ma'lum qilindi. Şahar YHXB rasmiy vakili A.Vohidovning sözlariga köra, şu yilning mart oyida Özbekiston Vazirlar Mahkamasining yangi turdagi milliy haydovçilik guvohnomalarini joriy qiliş töğrisidagi qarorining ijrosini ta'minlaş maqsadida 20 oktyabrdan haydovçilik guvohnomalarini oliş mumkin böladi.
Buning uçun pasport, tibbiy ma'lumotnoma hamda eng kam oylik iş haqining 70 foizi miqdorida (104 842 söm 50 tiyin) tölov tölaş talab etiladi.
A.Vohidovning bildirişiça, yangi haydovçilik guvohnomasi jahon andozalari asosida işlab çiqilgan va xalqaro haydovçilik guvohnomasi maqomiga ham egadir. Ma'lum qilinişiça, u bilan birga talonlar berilmaydi.
Şu bilan birga, eski haydovçilik guvohnomalari 2021 yil oktbyar oyiga qadar muomalada böladi.












