Apple norasmiy servislarda ta'mirlangan barça qurilmalarini bloklamoqçi. Life şu haqidagi xabari bilan bölişdi.
Bir neça yil oldin AQŞda mojaro çiqdi. Smartfonlarning bunga aloqasi deyarli bölmasa-da, bevosita aloqasi bor. Muayyan işlab çiqaruvçidan kombaynlar xarid qilgan fermerlar kutilmaganda qöşimça tölovsiz va murakkab texnikaning bort tizimlarida DTni öz vaqtida yangilamay turib, ulardan foydalana olmasligini aniqlaşdi.
Tasavvur qiling, şirinlik xarid qildingiz, uni endi yemoqçi bölganingizda, hozirgina sizdan pullarni sanab olgan sotuvçi buni sizga taqiqlaydi, çunki siz şirinlikni boşqa tomondan yeyişni boşlagansiz. Xuddi şunday holat. Bunga köp misollar keltiriş mumkin.
Şu tariqa yangi kapitalistlar umuman olganda kapital hukumati poydevorini - xususiy mulkning şartsiz huquqini buzişadi. Smartfonning qaysi detallaridan, qaysi dasturiy ta'minotdan, qaysi zaryad manbaidan va qanday ğilofdan foydalangan ma'qulligini juda yaxşi biluvçi Apple ham şu yöldan ketmoqda.
Bir öylab köring, siz şartli ravişdagina özingizga tegişli bölgan buyumni xarid qilişni xohlarmidingiz? Apple esa baribir sotib olasiz deb hisoblaydi. Hozirça operatsion tizimning 11-versiyagaça yangilanişida Apple kim ularning smartfonlaridan foydalana oladi-yu, kim töliq foydalaniş imkoniga ega bölmasligi borasidagi hukmni özida qoldirdi.
Buning karşeringga heç qanday aloqasi yöq, çunki siz ijaraga maşinaga ötirib, biryöla avtomobil narxini tölamaysiz, faqat undan vaqtinça foydalanganlik uçun tölov kiritasiz. Smartfon uçun esa biryöla töliq pul tölaysiz, biroq u sizga qisman tegişli böladi. Ha, u yoqiladi, energiya sarflaydi va quvvatlanadi, ammo DT işlab çiqaruvçisini nimadir qoniqtirmasa, siz smartfondan umuman foydalana olmasligingiz mumkin.
Apple kompaniyasi siz gadjyetni ta'mirlaşda nooriginal detallarni qöllagan taqdiringizda, DTdan foydalaniş imkonini çeklaş huquqini özida qoldirmoqda. Google esa, deylik, ertaga Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan urişib qoladi - va ularning barça smartfonlarini "qovoq"qa aylantiradi.
Biz dasturiy ta'minot asirlariga aylanib qoldik. Hozirda barça aloqa operatorlari qiziqayotgan "internet buyumlar" korporatsiyalarga real vaqt rejimida sizning har bir qadamingizni kuzatiş imkonini beradi.
Albatta, işda ötirib öz muzlatgiçi bilan suhbatlaşiş yoki maxsus qurilmalarga keçki ovqatni tayyorlaşni buyuriş yaxşi. Biroq bu yaqin kelajakda nimaga olib keladi? Bunday holda özimizga özimiz tegişli bölamizmi yoki faqat bir savdo belgisiga mansub Ariston va Nestle şartnomalariga qaram bölamizmi? Bunga esa dasturiy ta'minotlarning nomuvofiqligi sabab böladi.












