NIMA VOQeA YuZ BeRDI?

Leo Messi Çempionlar ligasidan örin olgan "Olimpiakos"ga qarşi öyinning boş qahramoniga aylandi. 

U jarima zarbasini çiroyli amalga oşirib, yevrokuboklardagi 100-golini urdi va Lyuka Din goliga hammualliflik qildi. 

Bundan taşqari, öyinning 10-daqiqasida qiziq voqea yuz berdi. Argentinalikka nisbatan maydon markazida qoida buzildi. Boş hakam jarima zarbasi tepişni körsatdi. Uni amalga oşirgunga qadar, Messi getrasidan nimanidir olib, tezda oğziga soldi. Voqea telekameralar nigohidan çetda qolmadi. 
Kimdir uni saqiç deb öyladi, ammo Messi heç narsani çaynamadi. Catalunya Rádio jurnalisti Rikar Torkvemada uni glyukoza tabletkasi bölsa kerak, deb taxmin qildi. Şuningdek, Messi avval ham öyin paytida bu dorini qabul qilganini aytdi.

GLYuKOZA NIMAGA KeRAK?

Glyukoza tabletkalari uzoq davom etadigan va katta kuç talab qiladigan musobaqalarda iştirok etuvçi yoki uzluksiz maşğulot olib boruvçi barça sportçilar tomonidan qabul qilinadi.

Jismoniy yuklamalar paytida muşak glikogeni glyukozaga aylanib qoladi, inson vujudi undan quvvat manbasi sifatida foydalanadi. Glikogen zaxiralari çeklangan bölib, şu tufayli, şifokor körsatmasiga binoan, glyukozani qöşimça ravişda qabul qilişga töğri keladi.

Glyukozani jismoniy yuklamadan oldin yoki keyin qabul qiliş böyiça har xil fikrlar mavjud. Ba'zi mutaxassislar maşğulotdan söng deb aytsa, boşqalari maşğulot boşlanganidan söng, 10-15 daqiqa ötgaç deb ta'kidlaydi. Çunki bu paytga kelib, inson vujudi glikogen zaxirasining 60% sarflaydi va muşaklar glyukozaning qöşimça miqdoriga ta'sirçan bölib qoladi. Messi aynan şu yölni tutgan.

"LeO TABLeTKA YeB, GOL URDI? UNDA IKKINÇISINI HAM YeSIN!"

"Barselona" boş murabbiyi Ernesto Valverde öyindan keyingi matbuot anjumanida, Messi yegan tabletka haqidagi savolni eşitib, dastlab dovdirab qoldi. Söngra hazilomuz tarzda javob qaytardi: "Leo glyukoza tabletkasini yedi? Töğrisini aytsam, gap nima haqda ketayotganini bilmayman.

Agar u tabletka yeganidan söng gol urgan bölsa, u holda zudlik bilan yana bittasini, yana ham yaxşiroği, bir juftini yesin!"