AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama mamlakatining siyosiy hayotiga qaytişga qaror qildi. U Virjiniya va Nyu-Jyersi ştatlari gubernatorlari lavozimlari saylovlarida Demokratik partiya nomzodlarini qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda.
Bu ştatlarda gubernatorlik saylovlari 7 noyabrda bölib ötadi va bu AQŞning 2017 yildagi siyosiy hayotidagi eng muhim hodisalar böladi.
Obama prezident lavozimidan ketgaç, ta'til olib, deyarli omma oldida köriniş bermay kelayotgandi.
Keyinroq u xotirnomalar yozayotgani ma'lum bölgan, u derli ommaviy çiqişlar qilmagan va intervyular bermagan.
E'tiborlisi, Obama Riçmondda çiqişi ma'lum qilingandan keyin, bu tadbirga çipta xarid qiliş istagida bölganlarning turnaqator navbatlari yuzaga kelgan.
Qayd qiliş joizki, Obama AQŞning eng köp haq oluvçi sobiq prezidenti böldi – unga 2018 yilda ajratiladigan mablağ 1,15 mln dollarni taşkil qiladi.
Bu mablağlar 1950-yillarda qabul qilingan qonunga köra ajratiladi. Ularga sobiq prezidentlarga tölanadigan pensiyalar, ularning ofislari va aloqalariga ketuvçi xarajatlarni qoplovçi mablağlar kiradi. Sobiq prezidentlarni qöriqlaş bu xarajatlarga kirmaydi. Taxminlarga köra, prezidentlarning xavfsizligini ta'minlaş soliq tölovçilarga önlab million dollarga tuşadi.












