Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" munozaralar klubining yakuniy sessiyasidagi çiqişida dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi.
Putinning aytişiça, dunyoda muvozanat buzilganda va manfaatlar pisand qilinmaganda, ziddiyatlar xavfli va oldindan aytib bölmas bölib qoladi va şafqatsiz nizolarga olib keladi.
"Birorta xalqaro muammo bunday şaroitlarda va savolning bunday qöyilişida hal qilinmaydi", deb aytdi Putin va bunday vaziyatda radikal unsurlar va ekstremistlar erkinlik olişini qöşimça qildi.
Putin buning isboti sifatida Yaqin Şarqdagi vaziyatni misol qilib keltirdi.
"Vaziyatni birgalikda hal qiliş, terrorçilik bilan kuraş olib borayotgandek körinmasdan, balki unga haqiqatan ham zarba beriş örniga, bizning ba'zi hamkasblar bu mintaqada tartibsizlik surunkali köriniş olişi uçun barça işni qilişmoqda. Kimgadir hali ham bu tartibsizlikni boşqariş mumkindek tuyulmoqda", deb aytdi Putin.
Putin bu siyosatga muqobil siyosat boligini aytdi
"Suriya tajribasi. U öziga işongan va barbod qiluvçi siyosatning muqobili borligini körsatdi. Rossiya Suriyaning qonuniy hukumati va mintaqadagi boşqa davlatlar bilan terrorçilarga qarşi kuraşmoqda. Xalqaro huquq asosida harakat qilmoqda", deb ta'kidlab ötdi Putin.
Uning ta'kidlaşiça, Rossiya "bu ijobiy harakatlar"ga osonlikça erişmayapti, çunki mintaqada qarama-qarşiliklar juda köp.
"Biroq biz sabr qilmoqdamiz. Bu sabr ila, bu jarayonning har bir iştirokçisi bilan ularning manfaatlarini hurmat qilgan holda har bir qadam va sözni tarozi pallasiga qöymoqdamiz. Hamkasblarimiz yaqindagina samaradorligini şubha ostiga qöygan bizning sa'y-harakatlar bugunda umid bermoqda", deb aytgan Putin.












