Twitter servis faoliyatidagi qator özgarişlar haqida e'lon qildi va ularning joriy qilinişiga doir taqvim bilan bölişdi. Kompaniya blogida şu haqida ma'lum qilindi.
"Biz birinçi marta şunday darajadagi oçiqlikni namoyiş qilmoqdamiz va umid qilamizki, bu kelgusida özaro işonçli munosabatlar örnatişga xizmat qiladi", - deyiladi xabarda.
Kompaniya oktabrda odamlarning ruxsatisiz olingan suratlarni himoyalaş uçun "kiyimsiz tananing muvofiqlaştirilmagan tasviri" tuşunçasini kengaytirmoqçi. Şuningdek foydalanuvçilarga akkauntni bloklaşga doir qarorni bekor qiliş imkoni taqdim etiladi.
Noyabrda Twitter sahifani nomlaşda haqoratomuz sözlarni qöllaşni taqiqlaydi, dekabrda esa zöravonlikni qöllovçi kontentlarni öçirişga kirişadi.












