Teleboşlovçi Kseniya Sobçak 18 oktabr kuni «Dojd» telekanali efirida 2018 yilgi Rossiya Federatsiyasi prezidentligi saylovlarida iştirok etişi haqida ma'lum qildi. U özini «barçaga qarşi nomzod» sifatida e'tirof etdi. Şu bilan birga Aleksey Navalniy saylovlarga qöyilgan taqdirda öz nomzodini qaytarib olişga va'da berdi. Xöş, xorijiy OAV Sobçak xonimning prezidentlik kampaniyasiga start berganiga qanday munosabat bildirdi?
Le Temps (Jyeneva, Şveytsariya)
Muxolifat yetakçisi Aleksey Navalniy saylovlarda öz nomzodini qöygunga qadar 2028 yilni kutişiga töğri keladi, dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova. Hozirça esa hammasini oldindan hal qiladigan Kreml prezidentlik saylovlariga qonuniy tus beriş maqsadida unga örindoş izlamoqda. «Vedomosti»da xabar berilişiça, prezident ma'muriyati Vladimir Putinga raqib sifatida ayol-nomzodni izlagan. Naşr ultra-konservativ qanotdan bir neçasi (barçasi Putinning tarafdorlari) va Kseniya Sobçak nomzodlarini keltirgan.
Sobçak mustaqil telekanallardan birida boşlovçi bölib, asta-sekin muxolifat jurnalist mavqeiga ega böldi. Biroq barça uning Sankt-Peterburgning sobiq meri, Vladimir Putinning siyosiy karerasini yölga qöygan Anatoliy Sobçakning qizi sifatida yaxşi taniydi. Uning onasi Lyudmila Narusova — mudofaa vaziri Sergey Şoygu bilan yaxşi munosabatlarda. Boşqaça aytganda, Kseniya Sobçak davlat yetakçilari bilan avvalgidek yaqin.
The Guardian (London, Buyuk Britaniya)
Kremlda Kseniya Sobçak nomzodi odatda zerikarli ötuvçi saylovlarga qonuniy tus beriş usuli sifatida qabul qilinadi, zero Putinning saylovlardagi raqiblari odatda «boşqariluvçi muxolifat»ning keksa yoşli siyosatçilari - kommunist Gennadiy Zyuganov va millatçi Vladimir Jirinovskiy. Ularning ikkisi ham ançadan beri heç qanday real muxolifat emas, ular Putinning siyosatini qöllab-quvvatlaydi.
Prezident ma'muriyatiga yaqin manbalarning joriy yilda The Guardian'ga xabar berişiça, Navalniyga öz nomzodini qöyiş uçun imkon beriş borasida jiddiy muhokamalar bölgan. Oxir-oqibat u yaratadigan salbiy şovqinlar hatto Putin ğalaba qozongan taqdirda ham, uni noqulay nomzodga aylantiradi deya qaror qilingan.
The Daily Telegraph (London, Buyuk Britaniya)
Uning nomzodini qöyiş motivlarining samimiyligiga darhol şubha bilan qaraldi. Rossiyada prezident lavozimiga nomzodlar an'anaviy «sparring-şeriklar» rolini öynab, saylovlarga qonuniy tus berib turardi. Sobçak xonimning bayonoti 2012 yilgi saylovlarda janob Putinga ramziy muxolifat bölgan Brooklyn Nets egasi Mixail Proxorov bilan boğliq vaziyatni yodga soldi, u öşanda saylovçilarning atigi 8 foiz ovoziga ega bölgandi.












