Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Soçidagi festival iştirokçilari bilan rejalaştirilmagan uçraşuvi paytida talabalardan biri RF yetakçisini sezdirmay suratga olişga harakat qilib kördi. Biroq u buni uddalay olmadi. Uçraşuv keçki payt bölib ötgan, lekin Mozambikdan bölgan talaba telefonidagi yoqilgan çaqnaş (maxsus çiroq)ni unutgan.

Life Shot telegram-kanalida e'lon qilingan kadrlardan köriş mumkinki, u öz xatosini tuşunib yetgaç, tezda yon-atrofiga qaray boşlagan. Aftidan, talaba kimdir uning «uddalanmagan missiyasi»ga guvoh bölgani yoki bölmaganini bilmoqçi böldi.