Iroq kuçlari 20 oktabrda uç soatlik jangdan keyin kurdlarning peşmerga jangçilarini Kirkuk viloyatining ular nazoratidagi oxirgi tumani – Altun-Köpridan siqib çiqardilar. Bu haqda Iroq xavfsizlik kuçlaridagi manba ma'lum qildi.  

Iroqning aksilterrorçilik xizmati, federal politsiya va Eron tomondan qöllab-quvvatlanuvçi Xalq safarbar kuçlaridan iborat kuçlar Altun-Köpriga mahalliy vaqt bilan soat 7.30da hujum boşlaşgan.

Peşmerga jangçilari Zab daryosi böyida joylaşgan şaharni iroqlik harbiylar bilan janglardan keyin tark etişgan. Janglar davomida pulemyotlar, minomyotlar va reaktiv granatalar qöllangan.

Bungaça Iroq markaziy hukumati kuçlarining Kirkukdagi hujumi kurd ayirmaçi kuçlari tomondan qarşilikka uçramagandi.

Bu vaziyat Iroq şimolidagi kuçlar balansini özgartirdi va kurdlarning mustaqillikka erişişga urinişlari va neftga boy Kirkuk ustidan nazoratini yöqqa çiqarişi mumkin.

16 oktabrda Kirkukka qilingan hujum davomida önlab odamlar halok bölgandi va jarohat olgandi. 

Iroq kuçlari kurdlar tomondan 2014 yilda IŞIDga qarşi kuraş vaqtida egallangan, Kurdiston muxtoriyati taşqarisidagi hududlar ustidan nazoratni tiklaşga harakat qilmoqda.

Iroq şialarining diniy rahnamosi oyatulloh Ali Al-Sistoniy 20 oktabr, juma kuni hukumatni Iroq şimolidagi kurdlarni himoya qilişga çaqirgan.  

Ön minglab kurdlar Kirkuk va Tuz-Hurmatdan Kurdistonning ikkita boş şahri – Erbil va Sulaymoniyaga qoçişgan.

BMT 19 oktabrda kurdlarning zöravonlik bilan köçirilişi va ularga qaraşli uylar va korxonalarning vayron qilinişi haqidagi xabarlardan xavotir bildirgan.

Iroq konstitutsiyasiga köra, kurdlar Iroq şimolidagi uçta toğli viloyatda boşqaruv va neftdan olinadigan umumiy daromaddan qat'iy örnatilgan daromad oliş huquqiga ega. Iroqning qolgan qismi uruş girdobida qolgan bir vaqtda, neftdan olinadigan daromad uşbu viloyatlarning farovonligini ta'minlagan.

Kirkuk Iroq Kurdistoni taşqarisida bölsa ham, köplab kurdlar uni tarixiy vatanlarining markazi va bu yerda olinuvçi neftni ularga tegişli deb hisoblaydilar.