«Liverpul» bilan durangdan söng, Joze Mourino özining komfort şaroitiga ega bölib oldi. Qanday? Butun dunyo, balki uning yarmi portugaliyalik mutaxassis boşqaruvidagi himoyaviy uslubni qoralagan, bu ayniqsa, dahşatli darajada hujumkor öyin namoyiş qilayotgan «Mançester Siti» fonida yanada xunuk örinib qolgan, Mourino özini oqlagan, qandaydir isbotlarni taqdim etgan, uyoqda Klopp, ha, bu yoqda Konte bilan qanaqadir gap otişlar...
Oraga göyoki murabbiyga «PSJ» yoqib qolgani, uning Mançesterda uzoq vaqt qolmoqçi emasligi haqidagi gaplar suqildi. Ha, köp fikrlar kontekstdan yulib olingan, buni murabbiyning özi ham aytdi, ammo gapirayotganda aynan qaysi sözlar yulib olinişini, qaysi fikrlar gazetalarning muqovasiga çiqib ketişini bilmaydimi Mourino? Biladi.
«Qiziq, mening jamoam yaxşi himoyalansa ham bu xuddiki jinoyatdek talqin qilinyapti» - dedi u «Benfika»ga qarşi maşhur 1:0 hisobidagi ğalabadan keyin. Ha, Mourino uruş holatida. Ayni muddao.
Aksinça, avgust oylari Mourino uçun qandaydir noqulaylik tuğdirgandi. Esingizda bölsa, ha, balki esingizdan ham çiqqandir, «Mançester Yunayted» qatorasiga 4:0 hisobidagi ğalabalarga erişdi, turnir jadvalida peşqadam bölib oldi. Kela solib gol ura boşlagan Lukaku, markazning hokimiga aylangan Matiç, zaxiradan tuşib doimo gol uravergan Marsiyal yoki Reşford. Baxtli De Xea. «Mançester Yunayted» hammani öziga qaratib, ortidan ergaştiradigan bir baxtli oilani eslatardi.
Bilasizmi, bunday holatda Mourino işlay olmaydi. Bu şaroitda u özini suvga tuşgan baliqdek his qila olmaydi. U hamma uçun etalon bölişdan emas, hammaga qarşi kuraşdan zavq oladi, kayf qiladi. Yöq, bu faqat kayf uçun emas, jamoasini ruhlantiriş, bor kuç bilan öynaşga çoğlaş uçun ham u mana şunday faktorlarga ehtiyoj sezadi.

«Men Kloppning öyin oxirida hujumga zör beriş uçun, yarim himoyaçilaridan birini almaştirişini kutdim. Uç yarim himoyaçidan biri almaştirilganda, bizda qarşi hujum qilişda imkoniyat bölardi va men Reşford, Lingard orqali, öyinda burilişi yasaşni rejalaştirgandim. Ammo Klopp markazdagi uçlikka tegmadi, şuning uçun biz ikkinçi bölimda hujum qila olmadik», dedi Mourino «Enfild»dagi öyindan söng. Körayapsizmi, Mourinoning hatto öyinga qöyadigan strategiyasi ham raqibning qarorlaridan kelib çiqadi.
Mana şu jihatdan olib qaraganda, «MYu»ning Pep Gvardiola jamoasi soyasida ekani, balki turnir jadvalida ham ta'qibçi maqomiga ötib olişi Mourinoning bundan keyingi işini ança yengillaştiradigandek. U endi yölboşçi emas, ular endi baxtli oila emas, aniqroği, boşqalar ularni baxtli deb bilişmayapti, demak nimanidir isbotlaş kerak. Uning muvaffaqiyatli jamoalari aynan şu maqomda bölişgan, e'tibor bersangiz.













