AQŞning Forbes naşri dunyoning eng hurmat qilinuvçi kompaniyalari reytingini tuzdi. Bu reytingga turli sohalarda faoliyat yurituvçi 250 ta kompaniya kirgan.
Naşr tahlilçilari talqiniga köra, bu borada 1-örinni Germaniyaning Siemens kompaniyasi egalladi. 2-örin Fransiyaning şinalar işlab çiqaruvçi kompaniyasi Michelin’ga, 3-örin Google’ga egalik qiluvçi AQŞning Alphabet kompaniyasiga nasib etgan.
4- va 5-öringa mos ravişda Yaponiyaning Nintendo korporatsiyasi va Walt Disney kinokompaniyasi qöyilgan.
Yetakçi öntalikdan şuningdek Carlsberg, Apple, Ferrari, Hilton va Panasonic kompaniyalari örin olgan.
Siemens kompaniyasi elektrotexnika, elektronika, energetik va tibbiyot qurilmalari işlab çiqariş, transport sohalarida faoliyat yuritadi. Kompaniyaga 1847 yilda asos solingan.












