Germaniyaning Xayde şahriga 2 ta tönğiz hujum qilişi oqibatida 4 kişi jabrlandi, deb yozmoqda Rheinische Post.

Şunday hujumlardan biri videotasvirga ham tuşib qoldi. Kuzatuv kameralarida olingan tasvirlarda yovvoyi hayvonning optika dökoniga kirgani va xodimlar yaşirinişga uringan vaqtda xonama xona sanğiganini köriş mumkin. 

Keyinroq, qobonlardan biri mahalliy banklardan biriga kirgan. Politsiya hayvonni yöq qiliş uçun ovçiga murojaat qildi. Ikki tönğiz qoçib ketişga muvaffaq bölgan, şu boisdan mahalliy hokimiyat uylarni tark etmaslikni tavsiya qilgan. U bir neça soatdan keyin şahar çegaralarini tark etgan.

NDR radiostansiyasiga köra, qobon jabrlanganlardan birining barmoğini tişlab olgan. 

RP naşrining yozişiça, bundan avval bu kabi holatlar kuzatilmagan. "Men qaçonlardir şaharliklar şunday xavfga duç keladi, deb öylamaganman", — degan şahar meri Ulf Ştexer.