Xitoyning qimmatbaho qoğozlarni nazorat qiliş davlat komissiyasi boşliği Lyu Şiyuy 6 nafar sobiq mansabdor şaxs Xitoy yetakçisi Si Tszinpinni lavozimidan çetlatişni rejalaştirişganini ma'lum qildi.
Lyu nomlarini ma'lum qilgan amaldorlar Si Tszinpin tomondan boşlangan aksilkorruptsion kampaniya doirasida hibsga olinişgan.
Lyu aytgan amaldorlar orasida Çuntsin sanoat markazi partiya taşkilotining sobiq rahbari Çuntsin Bo Silay va siyosiy byuroning sobiq a'zosi Sun Çjentsay bölgan.
Ma'lum qilinişiça, ayblanuvçilar "juda oçköz va korrupsiyaga botgan bölgan, ular partiya va butun davlat ustidan nazoratni qölga olmoqçi bölişgan". Lyu Şiyuy bu haqda Pekinda ötayotgan Xitoy kompartiyasining 19-qurultoyida aytib ötdi.
Lyu gumonlanuvçilar orasida 2015 yilda hibsga olingan va şu yili vafot etgan armiya generali Syuya Tsayxou, ötgan yili poraxörlikda ayblanib umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan general-polkovnik Go Bosyunni aytib ötgan.
"Si Tszinpin bu muammolarni eplay olgan hamda partiya va mamlakatga xavf solayotgan xatarni bartaraf etgan", deb aytdi Lyu.
Si Tszinpin hokimiyat tepasiga kelgandan söng boşlangan aksilkorruptsion kampaniya doirasida millionga yaqin amaldor şaxsga korrupsiya aybi qöyilgan.
Avvalroq Si Tszinpin partiya içida ta'sir qiliş uçun kuraş olib borilayotganini tan olgan.
Ma'lum qilinişiça, Lyuning bu bayonoti kompartiya içida nizolar borligini tasdiqlaydi.

















