Jahondagi yetakçi texnologik kompaniyalar – Microsoft, Facebook, Twitter va Google internetda terrorçilik kontenti bilan kuraşiş sohasida hamkorlikni kuçaytirişga kelişib olişdi. Bu haqda uşbu kompaniyalar vakillarining "Katta yettitalik"ka kiruvçi davlatlar içki işlar vazirlari bilan uçraşuv yakunlariga köra berilgan bayonotda aytilgan.

Uçraşuv 20 oktabrda Italiyaning Iskya orolida bölib ötgan. Texnologik kompaniyalar vakillari internetda terrorçilikka qaşi kuraş masalalariga bağişlangan sessiyada iştirok etişgan.

Bayonotga köra, uçraşuv iştirokçilari bir neçta asosiy sohada hamkorlikni mustahkamlaş zarurligi haqidagi fikrga kelişgan.

Jumladan, kompaniyalar terrorçilik kontentini tez aniqlaş va öçirişda avtomatlaşgan texnologiyalardan foydalanişmoqçi, kiçik kompaniyalarni himoya qilişni kuçaytirişda eng yaxşi tajriba va texnologiyalar bilan özaro almaşişmoqçi hamda ilmiy tadqiqotlar yordamida ma'lumotlar bazasini kengaytirişmoqçi.

Bayonotda ta'kidlanişiça, asosiy maqsad özaro mas'uliyat, işonç, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga amal qilişga asoslangan, internetda terrorçilikka qarşi kuraş böyiça hamkorlikni rivojlantiriş bölib qoladi.   

Twitter kompaniyasi uçraşuvni "muhim va sermahsul" deb ta'rifladi. Italiya içki işlar vaziri Marko Minniti esa internetda terrorçilikka qarşi kuraş dolzarblaşgani, çunki endi IŞIDda "u egalik qiluvçi hududlar qolmaganini" ta'kidlab ötdi.