Kuni keça Toşkent şahridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon madaniyat markazida Gilam muzeyi oçildi. Ma'lum bölişiça, bu yil Boku şahridagi dunyoda yagona Gilam muzeyi taşkil qilinganiga 50 yil bölibdi. Markaz direktori Samir Abbosning sözlariga köra, har yili 5 may kuni Ozarboyjonda Milliy gilam kuni nişonlanadi. Yiğilganlarga Ozarboyjon gilamçiligiga bağişlangan videofilm namoyiş etildi. Unda Ozarboyjon gilamçilik maktabi, Bokudagi Latif Karimov nomidagi Gilam va xalq amaliy san'ati muzeyi haqida söz yuritildi, videotasvirlar namoyiş etildi.

Ozarboyjon gilamçiligi tarixi Bronza asriga borib taqaladi. Bugungi kunda jahon muzeylarida saqlanayotgan gilamlar öz davrida Ozarboyjondan kelgan sayyohlar, savdogarlar va olimlar tomonidan olib kelingan. AQŞda Oq uy va Davlat departamenti binosida, Londondagi "Viktoriya va Albert" muzeyida, Parij va Budapeştdagi "Dekorativ san'at", Nyu-Yorkdagi "Metropoliten", Sankt-Peterburgdagi "Ermitaj", Istanbuldagi "Töpqopi", Erondagi "Bositon", "Guliston" va boşqa muzeylarda Ozarboyjon gilamlari namunalarini köriş mumkin.
Şu örinda ta'kidlaş joizki, Ozarboyjonda muzeylarga e'tibor juda katta, zero bu mamlakatga sayyohlarni jalb qilişda muhim rol öynaydi.

Iyul oyida Ozarboyjonga borganimda Boku şahridagi Gilam muzeyida böldim va u menda juda katta taassurot qoldirdi. Binoning qurilişiga alohida ahamiyat qaratilgan - u yiğilayotgan gilam şaklida bunyod etilgan. Uç qavatli binoda Ozarboyjon gilamçiligining eng gözal va noyob namunalari töplangan. Gilamlar yoysimon devorlarda öziga xos ravişda namoyiş etilgan. U yerda gilamlardan taşqari xurjunlar, gilam paypoqlar kabi boşqa töqimaçilik namunalari, şuningdek amaliy san'at namunalarini tomoşa qiliş mumkin.



Ta'kidlaş joizki, Gilam muzeyi sönggi texnologiyalarga asosan jihozlangan. Devorlardagi "suratlar"da gilam töqiş sirlari, gilamçilik tarixi, iplarga böyoq berişga doir videotasvirlar namoyiş etiladi. Muzeyning hatto poli ham e'tibordan çetda qolmagan, unda Ozarboyjon gilamlarining turli surat va videotasvirlarini köriş mumkin.

















