Tasavvur qiling, marafonda iştirok etib turgan atletning reytingi turli masofalarda erişgan yutuqlarining örtaça qiymatiga teng bölsa! Atlet uçun ba'zi masofalarni bosib ötiş qiyin, ayrimlari esa juda oson keçişi mumkin. U esa qiyin musobaqa oldidan reytingini yaxşilab oliş maqsadida, bosib ötilişi oson bölgan yölkani tanlaydi, qiyinlaridan voz keçadi. Yakunda barça marafon iştirokçilari natijasiga qarab mukofotlanadi.
Mana şu körinişdagi baholaş tizimi AQŞ talabalarini ilm olişga undab keladi. Hattoki, özini murakkab yuklama fanni özlaştirga duçor qilgan talaba, bu tanlovi uçun «jazoga tortilişi» heç gap emas. Sababi şundaki, birinçi kursda öqiş uçun «Ingliz adabiyotiga kiriş» fanini tanlagan talaba bilan «Qiyosiy adabiy tahlil» predmetini tanlagan talaba bir xil baholaş tizimi böyiça ball töplaydi.
Bu bilan ma'lum soha yuzasidan bilimi bor talaba eng oson predmetlarni tanlayverişi, natijada barça harakatlar faqat baho uçun bölayotganini anglatmaydimi? Aslo! Bu joyda muhim qoida şundaki, talaba har bir semestrda majburiy öqişi lozim bölgan fanlar röyxati bor va ular uçtadan kam emas. Ana endi Özbekistondagi talabalarni bir neça yillardan beri qiynab kelgan muammoga duç kelişimiz mumkin: tibbiyot yönalişida ta'lim olayotgan talaba oliy matematikani örganişi şartmi?
Şu örinda xohişiy boşqa fanlardan birini tanlaş mumkin, hattoki bu tanlov adabiyot, musiqa va notiqlik san'ati bölişi mumkin. Şuning bilan ğarbda talabalar serqirra, ijodkor va öz sohasining yetuk mutaxassisi böliş tarbiyalanadi. Qolaversa, mantiqsiz sabablarga köra, talabaning baholar yiğindisi past körsatkiçda bölmaydi.
Xulosa qilişga şoşilmaymiz, balki bu tizimning öziga yetarli kamçiliklari bordir, ammo Özbekistonda mavjud Oliy ta'lim tizimidagi talabalarni baholaş tizimi ijobiy foyda berayotgani yöq.












