Eron taşqi işlar vaziri örinbosari Abbos Arakçining ma'lum qilişiça, Eron yadro qurolini işlab çiqiş va unga egalik qilişdan muddatsiz voz keçiş böyiça öz majburiyatlarini bajaradi. U bu haqda Moskvadagi tarqatmaslik böyiça anjumanda ma'lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
«Eron heç qanday şaroitda, heç qaçon yadro qurolini işlab çiqmasligi, egalik qilmasligini tasdiqlaydi. Bu Eron tomonidan Qöşma keng qamrovli harakatlar rejasi doirasida olingan doimiy, muddatsiz majburiyat hisoblanadi», - deya aytib ötdi Arakçi.
Diplomatning sözlariga köra, kelişuv muddati tugagaç, Eron yadro bombasini işlab çiqişga kirişmaydi, Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaning (YaQTŞ) «normal a'zosi»ga aylanadi.
Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, bu kelişuvning muvaffaqiyatsizlikka yuz tutişi yadro qurolini tarqatmaslikning butun rejimi iş bermasligini bildiradi.












