Sankt-Peterburgning sobiq meri hamda amalda Rossiya prezidentining siyosiy ustozi Anatoliy Sobçakning yoşligi Özbekistonda, ya'ni Qöqon va Toşkent şaharlarida ötgandi. Vaqtlar ötib uning qizi, teleboşlovçi Kseniya Sobçak kelasi yil ötişi rejalaştirilayotgan prezidentlik saylovlarida iştirok etişini ma'lum qildi.

Bu nimani anglatadi?

Bir qator ğarb ommaviy axborot vositalari bunday körinişdagi voqea Kreml tomonidan navbatdagi saylovni qonuniylaştiriş uçun «qadam» ekanini ta'kidlamoqda. Kseniyaning video murojaatiga e'tibor qilinsa, u boşqaça maqsadni ilgari surganini aytadi.

Foto: «Kommersant'»

Gap şundaki, u toki mustaqil nomzod Aleksey Navalniy yaqinlaşib kelayotgan prezidentlik saylovida qatnaşişi mumkinligi e'lon qilinmagunga qadar, olğa borişini bildirgan. Ammo, teleboşlovçi Rossiyaning keyingi prezidenti böliş kabi siyosiy irodani ilgari surmayapti. Uning maqsadi - «barçaga qarşi» turiş, xolos. Yuksak demokratik qadriyatlar mavjud jamiyatda nomzodlarning birontasi ham yoqmasa, saylovçining «barçaga qarşi» ovoz beriş huquqi ta'minlanadi. Nazariy jihatdan Rossiya saylov tizimida mavjud bölmagan ana şu band vazifasini Kseniya Sobçak ötab berişi mumkin.

Saylov natijasi kutilmaganda özgarişi mumkin

Foto: RIA "Novosti"

Ötgan gal saylov çoğida, 25 foizga yaqin kişi amaldagi prezidentni yoqlamagani hisobga olinsa, bu safar ular va ana şularning safiga qöşilişni öylab turgan saylovçilar Kseniyaga ovoz bersa böladi. Bu bilan saylov natijalari qay oqimga burilib ketişini taxmin qiliş qiyin, ammo şunisi aniqki, Kreml özgaça taktika tanlaşga majbur böladi.