IŞID guruhi jangarilarining poytaxtiga aylangan Raqqa şahri ularga qarşi kuraşayotgan ittifoqçilar tomonidan egallandi. Bu bilan bir neça davr davom etgan, özini «Islom davlati» nomi bilan atagan guruhning hayoti yakuniga yetib kelayotganini anglaş qiyin emas.
Endi esa mintaqada yangi muammo boş kötarmoqda: ikki daryo oraliğida joylaşgan kurdlar öz mustaqilligini e'lon qiliş uçun referendum ötkazdi. Joriy yilning 25 sentabr kuni ötkazilgan siyosiy tadbirda Iroqning Kirkuk şahrida istiqomat qiluvçi kurdlar ham iştirok etdi. Aslida 1927 yil Iroqdagi ilk neftni qazib çiqariş maskani barpo etilganda, Kirkuk şahri nizoli maydonga aylanib qolgan. Garçi şahar maydoni rasman Kurdiston avtonomiyasiga kirmasada, de-fakto bu joylar kurdlarning nazorati bölib kelgan.
Tabiiyki, Kurdiston mustaqilligi tan olinsa, Kirkuk ixtilofga sabab bölişi aniq. Vaziyat şu darajaga yetib bordiki, arab şialar siyosiy ta'sirida qolgan Iroq hukumati şaharni öz nazoratiga qaytarib oliş uçun 16 oktabr kuni harbiylarni işga soldi. Oqibatda, Kirkukdagi neft qazib çiqariş maskanlariga katta putur yetdi, buning ustiga Iroq harbiylarining harakati bilan kurd enklavi barham topdi.
Mustaqillikni ilinjida yurgan kurdlar Kirkukdagi neftsiz, şu bilan birga enklav hududsiz heç qanday ozod vatanni orzu qilişi ham mumkin emas. Bağdod va Erbil örtasidagi nizo AQŞ tomonidan osonlikça hal qilinişi mumkin edi, ammo bu ikkisi ham amerikaliklarning yaqin ittifoqçisi hisoblanadi.
Bir vaqtlar Saddam Hussayn tomonidan zaharli gaz bilan qiynoqqa duçor qilingan xalq 2014 yilda IŞIDga qarşi kuraşda jonbozlik körsatdi. Ğarb mamlakatlari öz vaqtida körsatilgan kömak asosida uruşda kurdlarning qöli baland kelib, şu orada Kirkukni ham egallab oladi.
Ayni paytda şia, jumladan Eron rasmiy doiralari ta'sirida qolib ketayotgan Iroq hukumati va bir mamlakat böla olmay kuraşga intilgan kurdlar arab diyoridagi klassik töqnaşuvning yana bir körinişi bölişi tabiiy. Eng muhimi bu yangi Iroq uruşiga aylanişi ehtimoldan holi emas.










