Sloveniyada, mamlakat 1991 yilda Yugoslaviya tarkibidan çiqqanidan söng, hisob böyiça beşinçi prezident saylanmoqda. Saylovlarning birinçi davrasida 9 nafar nomzod iştirok etmoqda, ularning beş nafari ayollardir, poygadagi yetakçi esa amaldagi prezident, deb yozadi RIA Novosti.
Davlat saylov komissiyasi (DSK) ning ma'lumotlariga köra, sloveniyaliklarning 1,7 millioni saylaş huquqiga ega.
Davlat rahbari lavozimiga «Yangi Sloveniya - xristian demokratlar» partiyasidan Lyudmila Novak, öz nomi bilan ataluvçi harakatdan Maryan Şarets, «Zamonaviy markaz partiyasi»dan Mayya Makovets-Brençiç, «Bolalar va oila uçun ovoz» harakatidan Angela Likoviç, «Abadiy Sloveniya» partiyasidan Boris Popoviç, «Sloveniya demokratik partiyasi»dan Romana Tomts, Sloveniya xalq partiyasidan Suzana Lara Krause, «Birlaşgan Sloveniya harakati»dan Andrey Şişko, şuningdek davlatning amaldagi rahbari, «Deyan Jidan fuqarolar guruhi» tomonidan ilgari surilgan Borut Paxor nomzodlari körsatilgan.
Navbatdagi saylovlarga öz nomzodini ilgari surişi haqida Paxor sentabr oyining oxirlarida e'lon qilgan edi. U saylovlarga 2012 yilda ham ğalaba qozonişga xizmat qilgan «Birgalikda» şiori ostida kirişgan. Uning sözlariga köra, umumxalq hamkorlik «milliy taraqqiyotning eng muhim dastagi» bölişi kerak, şuningdek, u respublika prezidentining eng muhim roli insonlarni kuçli jamoaga birlaştiriş ekanligini qayd etgan.
Paxor davlat rahbari oddiy odamlar bilan yaqinroq gaplaşişi kerakligini talab etib turib oldi: öz mandati mobaynida u butun mamlakat böylab 840 ta tadbirda iştirok etdi, uning devonxonasiga esa 11 mingdan ziyod fuqaro qabul qilindi. Avgust oyida öz saylov kampaniyasi arafasida butun mamlakat böylab piyoda yölga çiqqan va fuqarolar bilan uçraşiş uçun 300 km yöl bosgan edi. Hamyurtlari Paxorni internetdagi faolligi uçun «Instagram qiroli» deb ataşadi.
Sotsiologik sörovlar natijasiga köra Paxor saylov favoriti hisoblanadi va özining eng yaqin ta'qibçilari — aktyor va Kamnik şahri meri Maryan Şarets va «Yangi Sloveniya - xristian demokratlar» konservativ partiyasi yetakçisi Lyudmila Novakdan jiddiy özib ketgan.
Lyublyanadagi IFIMES — Yaqin Şarq va Bolqonni örganiş xalqaro institutining qayd etişiça, Paxorning boşqaruvi qöşni Xorvatiya bilan yuz bergan ziddiyatlar bilan yodda qolgan. Zagreb 2015 yilda Haagadagi xalqaro arbitrajdan çiqib, Sloveniya Adriatika dengizining Piran qöltiğining törtdan uç qismiga egalik qilib, Xorvatiya hududiy suvlari oçiq dengizga çiqişi haqidagi qarorni tan olmadi. Ekspertlar şuningdek, sönggi yillarda Sloveniya siyosatida prezidentning roli pasayganini qayd etib, mintaqada bu davlatning «yetakçilik maqomi» yöqotilganini ta'kidlaşmoqda. Taşabbusning bu tarzda boy berilişidan Bolqon mintaqasidagi qöşnilar darhol foydalanib qolişgan.











