Suriya va Eron armiyasi boş ştablari boşliqlari, generallar Ali Ayub va Muhammad Bokiriy ikki davlat qurolli kuçlari örtasida özaro harakatlar va harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantiriş haqidagi memorandumni imzolaşdi. Bu haqda Suriyaning SANA axborot agentligi xabar bermoqda. 

Hujjat "ikki döstona armiyaning harbiy tayyorgarlik sohasidagi hamkorligini kengaytiriş, qurolli kuçlarning terrorçilikka va AQŞ-Isroilning Yaqin Şarqdagi rejalariga qarşi jangovar qobiliyatini oşiriş uçun jangovar tajriba, zamonaviy texnologiyalar va razvedka ma'lumotlari bilan almaşiş"ni nazarda tutadi. 

Eron generali Damaşqqa taşrifi vaqtida (18-21 oktabr) Suriya prezidenti Başar Asad tomondan qabul qilingan. U Asadga Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Hameneiyning nomasini yetkazgan. Oyatulloh nomada Suriya prezidenti va uning xalqini terrorçilikka qarşi kuraşdagi ğalabalari bilan muborakbod etgan.