AQŞning Virginiya ştatida sodir etilgan otişma oqibatida 2 kişi halok böldi, bir kişi yaralandi. Bu haqda mahalliy politsiya tvitterda ma'lum qildi. Otişma noma'lum kimsa tomonidan ştatning eng yirik şahri Aleksandriyada olib borilgan.
Guvohlarning aytişiça, jinoyatçini uşlaş böyiça operatsiya qizğin pallada. Köçalar tösib qöyilgan, osmonga politsiya vertolyoti kötarilgan. Otişmani kim sodir etgani hozirça noma'lum. Politsiya ma'lumotlariga köra, şaharliklar uçun ayni damda xavf yöq.
1 oktabr keçki vaqt Las-Vegasda (Nevada ştati) musiqa festivali vaqtida odamlar öqqa tutilgandi. Otişmani Stiven Peddok ismli kimsa maşhur "Mandalay-bay" mehmonxonasining 32-qavatidan olib borgan. Ma'lum qilinişiça, konsertda 22 mingga yaqin kişi bölgan. Hujum oqibatida 58 kişi halok bölgan, 500 dan ortiq kişi yaralangan. Qotil jinoyatni sodir etgaç, öz joniga qasd qilgan.












