Internetda Yurgen Kloppning «Liverpul»ning avvalgi murabbiylari bilan soliştirilgan statistikalari «izğib yuradi» va u yerda nemis murabbiyining körsatkiçlari hamkasblaridan pastroq ekanini körasiz. Ammo aynan bir jihat Kloppning Liverpuldagi işlari muvaffaqiyatliroq ekanini ifodalardi – Klopp qöl ostida jamoa ayniqsa, top klublar bilan juda yaxşi öyin namoyiş qilar va ijobiy natija qayd etadi.
Masalan, uşbu mavsum boşlangunça, «Liverpul» Yurgen Klopp qöl ostida top-6 ga qarşi 17 öyinda maydonga tuşgan bölsa, atigi 1 marotaba mağlubiyatga uçragandi xolos. Öşa öyin ham katta taşabbus bilan «Liverpul» ustunligida ötgan, ammo Lui van Gaalning «Mançesteri» himoyada yaxşi öynab 1:0 hisobida ğalaba qozongandi.
Uşbu mavsumda bu sehr işlamayotgan körinadi, Klopp allaqaçon top-6 jamoalariga qarşi 4 öyin ötkazişga ulgurdi va ulardan ikkitasini yirik hisobda boy berdi, töplar farqi – 1:9. «Mançester Siti»dan mağlubiyat (0:5) köproq öyin boşlarida Sadio Manening maydondan çetlaştirilişi bilan izohlangan bölsa, «Uembli»da «Tottenhem» raqibga umuman imkoniyat qoldirmadi – 1:4.
«Liverpul»ning avvalgi katta öyinidagi (MYu – 0:0) durangidan söng, Yurgen Klopp raqibning öta himoyaviy öynaganini ta'kidlab, uning jamoasi heç qaçon bunday öynaşni öziga ep körmasligini aytgandi. Janob Klopp endi bu fikrlarini qayta körib çiqar, ba'zida himoyalaniş ham şarmandalik emasligini anglab yetar, aks holda hisoblar şarmandali körinişga kelib qolsaçi?
«MARADONA BÖLSANG, ÖZINGGA!»

«Tottenhem» – «Liverpul» öyiniga argentinalik futbol qiroli Diyego Maradona taşrif buyurdi va öyinni mezbonlar xöjayini Daniel Levi bilan birga ötirib tomoşa qildi. Maradona öz vaqtida Mourisio Poçettino bilan terma jamoada birga öynagan va yaqin döst bölgan, uning «Tottenhem»ga xayrixoh bölişi sababi balki şudir.
Tanaffus paytida Diyego Maradonaga «Tottenhem»ning ramziy libosi taqdim etildi va u jamoaning faxriy muxlisi ekani e'lon qilindi. Qiziği, «Uembli» stadioni Maradonani ham, uning fan klubga «qabul qilingani»ni ham kutilganidek iliq qarşi olmadi.
Sababi ma'lum, jahon çempionatlaridagi bir qator janjalli öyinlardan söng, Angliya va Argentina terma jamoalari muxlislari örtasida öziga xos ziddiyat yuzaga kelgan. Bunga dastlabki ğiştni qöygan futbolçi esa, aynan Diyego Armando Maradona hisoblanadi. Esingizda bölsa, JÇ-86 çorak finalida uning qöli bilan Piter Şilton darvozasini işğol qilişi katta şov-şuv va janjallarga sabab bölgan edi.



















