AQŞ Myanma hukumatiga Rakxayn ştatidagi vaziyat tufayli inson huquqlari buzilgani uçun sanksiyalar qöllaş imkoniyatlarini körib çiqmoqda, deya ma'lum qilişdi mamlakat Davlat departamentidan.

«Biz AQŞ qonunçiligiga muvofiq bölgan javobgarlikka tortiş mexanizmlari, jumladan «Global Magnitskiy» aniq yönaltirilgan sanksiyalar qonunini örganyapmiz», - deyiladi idora bayonotida.

Davlat departamentidan eslatişlariça, AQŞ Myanma bilan harbiy-texnik hamkorlik dasturini töxtatib qöygan.

«Myanma hukumati, jumladan, uning qurolli kuçlari tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaş uçun keçiktirib bölmaydigan çoralarni körişi; ehtiyoji bor jamoalarga insonparvarlik yordami körsatiş böyiça majburiyatlarni bajarişi; Rakxayn ştatidan qoçgan yoki boşqa joyga majburiy köçirilganlarni xavfsiz hamda ixtiyoriy ravişda qaytarişga kömaklaşişi; hamda rohingyalarga nisbatan tizimli kamsitişning asosiy sabablarini bartaraf etişi lozim... Biz bu sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşga tayyormiz», - deya ta'kidlaşgan Davlat departamentidan.

Eslatib ötamiz, 2015 yili Kongress tomonidan qabul qilingan «Global Magnitskiy» qonuni AQŞ ijro hokimiyatiga inson huquqlarining buzilişiga aloqador bölgan xorijiy şaxslarga qarşi sanksiyalar kiritiş imkonini beradi.