Anqara meri, Turkiyadagi yetakçi Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) vakili Malik Gyokçek Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşgandan keyin iste'foga ketişini e'lon qildi. U bu haqda tvitterda ma'lum qildi.
"Bugun men prezident bilan gaplaşdim. Umid qilamanki, Anqara şahar yiğini şanba kuni navbatdan taşqari majlisga yiğiladi va men iste'foga çiqişga ariza beraman", deb yozgan Turkiya poytaxti meri.
Gyokçek Anqara meri etib 1994 yilda saylangan va şundan beri bu şaharni boşqarib kelgan. U bu lavozimga 4 marta qayta saylangan.
Turkiya OAV Gyokçekning iste'fosini Erdöğanning u yetakçilik qiladigan ATP safini yangilaş istagi bilan boğlamoqda. Avvalroq Istanbul meri Qodir Topbaş va bir neçta viloyatlar gubernatorlari ham iste'foga ketişgandi.

















