Gretsiyada 2018 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari mash'alasi yoqildi

© EPA-EFE/YANNIS KOLESIDIS
Bugun, 24 oktabr kuni Gretsiyada 2018 yil fevralida Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlari mash'alasini o‘t oldirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim odatdagidek Peloponnes yarimorolida joylashgan Olimpiya tog‘ida o‘tkazildi.
Marosimda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, Pyongchangdagi olimpiada tashkiliy qo‘mitasi rahbari Li Xi Bom, Olimpiya shaharchasi meri Yeftimos Kotzas, Gretsiya Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Spiros Kapralos hamda Gretsiya prezidenti Prokolis Pavlopulos ishtirok etdi.
Mash'alani 2014 yilgi qishki olimpiada ishtirokchisi, gretsiyalik chang‘ichi Apostolos Angeles o‘t oldirgan. Mash'alani janubiy koreyalik sobiq futbolchi Pak Chi Sun qabul qilib oladi.
31 oktabrga qadar mash'ala Gretsiya hududi bo‘ylab olib yuriladi. An'anaga ko‘ra, Olimpiada ramzi 2129 km masofani bosib o‘tadi, 8 kun davomida mash'alani 505 nafar sportchi ko‘taradi. Mash'ala 31 oktabr kuni Afinadagi «Panatinaikos» stadionida Pyongchang vakillariga topshiriladi.
Shundan so‘ng, mash'ala sharqqa tomon 8,5 km masofada olib o‘tiladi va 1 noyabr kuni, Olimpiada boshlanishiga 100 kun vaqt qolganida Janubiy Koreyaga yetkaziladi.
Mash'ala Janubiy Koreyaning yirik shaharlari bo‘ylab aylantiriladi va jami 2018 km masofani bosib o‘tib, 9 fevral arafasida olimpiya shaharchasiga yetkaziladi.
Olimpiada o‘yinlari 9 fevraldan 25 fevralga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti: 2022–2025 yillardagi taraqqiyot bosqichlari va yutuqlar sari dadil qadamlar
O‘zbekiston | 10:48
-
«O‘zgidromet» havo harorati 40 darajadan oshishi va shamol kuchayishi haqida ogohlantirdi
O‘zbekiston | 11:55
-
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi
Jahon | 11:50
-
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
O‘zbekiston | 11:43
Mavzuga oid

19:50 / 24.07.2024
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari mezbonlari tasdiqlandi

19:29 / 20.02.2022
Parvozlar, qulashlar va g‘alaba onlari. Olimpiadaning eng yorqin suratlari

22:16 / 04.02.2022
Lojadagi yolg‘iz Putin, ko‘zidan yosh chiqib ketgan askar va uch ming artist tomoshasi. Kun suratlari

11:59 / 31.01.2022