Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi boshlandi
|21:55 / 07.09.202611 9411 min
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Serbiya poytaxti Belgrad shahriga bordi.
Prezident matbuot xizmatiPrezident matbuot xizmati
Serbiya havo hududida Oʻzbekiston yetakchisi samolyotiga mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.
Prezident matbuot xizmati
Foto:
Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi.
Ikki mamlakatning davlat bayrogʻi koʻtarilib, Faxriy qorovul saf tortdi.
Foto: Prezident matbuot xizmatiTashrifning asosiy tadbirlari 8-sentabr kuni boʻlib oʻtadi. Dasturga muvofiq, Oʻzbekiston – Serbiya oliy darajadagi muzokaralari hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi oʻtkaziladi. Ularning yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati