Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Aşraf Ğaniga uşbu mamlakat poytaxti Kobul şahrida va Ğur viloyatida röy bergan teraktlar tufayli ta'ziya izhor etdi. Bu haqda ÖzA xabar qildi.
Davlat rahbari maktubida uşbu hududlardagi «bir neça qabih terrorçilik xurujlar natijasida köplab insonlarning halok bölgani haqidagi xabar bizni çuqur qayğuga soldi» deyiladi.
«Uşbu musibatli damlarda, Siz Janobi Oliylariga hamda marhumlarning yaqinlariga samimiy ta'ziya va hamdardlik izhor etamiz. Olloh subhonahu va taolodan ularga sabr-toqat va bardamlik, jarohatlanganlarga esa şifo ato etişini sörab qolamiz», - deya yakun yasalgan Şavkat Mirziyoyevning Muhammad Aşraf Ğaniga yöllagan maktubida.











