23 oktabr kuni Moskvadagi Dubrovka teatr markazi terrorçilar tomonidan egallab olingan sanaga 15 yil töldi. Öşa fojiali hodisa natijasida 125 nafardan ortiq inson halok bölgandi. Öşanda çeçenistonlik Movsar Barayev guruhi «Moskovskiy podşipnik» aksiyadorlik jamiyatiga tegişli Madaniyat uyini egallab olgan, bu paytda u yerda «Nord-Ost» myuzikli qöyilayotgan bölgan. Hujumda 40 jangari iştirok etgan, ular orasida ham erkaklar, ham ayollar bor edi. Egallab oliş çoğida binoda 900 dan köproq inson: artistlar, teatr markaziga xizmat körsatuvçi xodimlar va tomoşabinlar bölgan. Terrorçilar öz aksiyalari yordamida Rossiya armiyasi Çeçeniston hududidan olib çiqilişiga erişmoqçi bölganlar.

26 oktabr kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi maxsus bölinmalari binoga hujum boşlaşdi, şu bilan birga, ventilyatsiya şaxtalari orqali uxlatuvçi gaz yuboriladi. Rossiya huquqni muhofaza qiliş idoralari deyarli barça jangarilarni, jumladan Barayevning özini yöq qilişgan, biroq gaz ta'siri tufayli garovda bölganlarning köpçiligi – kamida 130 kişi («Nord-Ost» xayriya taşkiloti a'zolarining fikriça, aslida 174 kişi hayotdan köz yumgan) şifoxonada vafot etgan.

Metroning «Dubrovka» bekati yonidagi hodisalardan söng qator yirik sud jarayonlari bölib ötdi. 2003 yilda Moskva şahar sudi Zaurbek Talxigovni terrorizmga kömak körsatiş va Dubrovkadagi Madaniyat uyida odamlarni garovga oliş böyiça aybdor deb topib, uni 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 2004 yilda esa Moskvaning Lefortovo sudi «Nijyegorodskiy» Içki işlar bölimi militsiya mayori Igor Alyamkinni yetti yillik qamoqqa hukm qildi, u çeçenistonlik terrorçi ayol, teatr markazining egallab olinişida qatnaşgan Luiza Bakuyevani poytaxtda röyxatdan ötkazgan. 2014 yili esa Qrimda teraktga aloqadorlikda gumonlangan 41 yoşli Hasan Zakayev qölga olindi. Moskva okrug harbiy sudi uni terrorçilarga qurol-yaroğ va portlovçi modda yetkazib berişni taşkillaştirişda aybdor deb topdi, Zakayev 19 yillik qattiq rejimdagi koloniyaga mahkum etildi.

Öşa fojiali kunlar hodisalari quyidagi fotojamlanmada taqdim etiladi.

Foto: Anton Denisov/TASS

Dubrovkadagi Teatr markazi yonida, 2002 yil 26 oktabr

Foto: Kijyel Konstantin/TASS