Madridning «Real» klubi hujumçisi Kriştianu Ronalduning işonç bildirişiça, u hamda «Barselona» forvardi Lionel Messi futbol işqibozlarini hali köp xursand qilişadi. Portugaliya terma jamoasi futbolçisi bu haqda FIFA tomonidan 2017 yilning eng yaxşi futbolçisi, deb tan olinganidan söng aytib ötdi.
«Men har kuni keçqurun xotirjam uyquga yotaman. Şaxsiy va jamoaviy darajada erişayotgan yutuqlarimdan könglim tölmoqda. Men Messi bilan emas, balki eng yaxşi böliş hamda sovrinlarni yutib oliş uçun kuraşmoqdaman. Biroq, şuni ham aytişim mumkinki, Messi-Ronaldu davri tugamadi, u endi boşlanmoqda», - deya Ronalduning sözlarini keltiradi Marca.
Joriy yilda Ronaldu «Real» bilan Ispaniya çempionati va Superkubok, YeÇL hamda UYeFA Superkubogida ğalaba qozondi. Portugaliyalik YeÇLdagi 13ta öyinda 12ta gol urib, eng yaxşi töpurarga aylandi.
Ronaldu FIFA’ning The Best sovrinini ketma-ket ikkinçi marta yutib oldi. Bundan taşqari, 32 yoşli forvard «Oltin töp» hamda «FIFA Oltin töp»ini ikki martadan qölga kiritgan. 2008 yilda esa «FIFA yil öyinçisi» sovriniga egalik qilgan.












