23 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov AQŞ favqulodda va muxtor elçisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. TIV saytida şu haqida ma'lum qilindi.
Suhbat davomida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning sentabr oyidagi Nyu-York şahriga taşrifi va AQŞ işbilarmonlari bilan uçraşuvlar doirasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş jarayoni muhokama qilindi.
Şu bilan birga, Samarqand şahrida bölib ötadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada AQŞning nufuzli delegatsiyasi iştirokining amaliy jihatlari körib çiqildi.











