Tojikistonning korrupsiyaga qarşi kuraş departamenti «Umed-88» kompaniyasi rahbariyati qölga olinganini rasman tasdiqladi. Ular xizmat vakolatlarini suiste'mol qiliş, noqonuniy kredit oliş va olingan davlat qarzini juda köp miqdorda talon-toroj qilişda gumon qilinmoqda.

Davlat moliyaviy nazorat va korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi saytida xabar berilişiça, 2015 yil 15 mayda «Roğun GES» OAJ, Moliya vazirligi va «Umed-88» MÇJ uç tomonlama kredit bitimini imzolagan, Unda «Roğun GES» kredit beruvçi, Moliya vazirligi hamda «Umed-88» esa - qarz oluvçilardir.

Imzolangan hujjat «Umed-88» kompaniyasiga «qişloq xöjaligi obektlarini dizel yoqilğisi bilan ta'minlaş orqali Tojikistonda agrosanoat kompleksini rivojlantiriş uçun» 171 million somoniy taqdim etişni nazarda tutgan. Qarz oluvçilar mablağlarni 2015 yil 31 dekabrdan keçiktirmay qaytarişga majbur bölişgan.

Xabarda aytilişiça, «Umed-88» MÇJning direktori Idibek Ibrohimov, kompaniya asosçisi Rajabali Odinayev va boşqa mas'ul şaxslar bilan oldindan til biriktirgan holda, katta miqdorda davlat kreditni noqonuniy ravişda qölga kiritgan.

Ta'kidlanişiça, «Umed-88» rahbariyati öz xizmat vakolatlarini suiste'mol qilgan holda, davlat manfaatlariga zid tarzda, olingan mablağlarni «notöğri işlatiş» bilan şuğullangan. Xususan, 2015 yil may-iyun oylarida 74 mln. somoniy «Amonatbank» hamda «Tojiksodirotbank»dan qarzlarni yopiş uçun yönaltirilgan.

«Bundan taşqari, - deya ta'kidlanadi korrupsiyaga qarşi kuraş mahkamasi xabarida, - «Umed-88»ning mas'ul şaxslari mamlakatning boşqa banklaridan ham juda köp miqdorda kreditlar olişgan». Hozirgi vaqtda kompaniya «Amonatbank» hamda «Agroinvestbank»ga 26 mln. somoniy va 4,5 mln. dollar qarzdordir. 

Şunday qilib, Rajabali Odinayev va Idibek Ibrohimov hamda boşqa mas'ul şaxslarga nisbatan Tojikiston Respublikasi JKning 3 ta moddasi böyiça jinoyat işi qözğatildi.