«Toşkent-Aero» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xodimlari Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Birlaşgan Arab Amirliklaridan uçib kelgan fuqarolar Mahmud va Botir Usmonovlar (maqoladagi ism-şariflar özgartirilgan) tomonidan köp miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy ravişda olib kirilişiga çek qöyişdi. Bu haqda “Toşkent-Aero” IBK axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, Maxmud Usmonov yölovçi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida ma'lum qilmasdan turib, noutbuk, televizor, proyektr, Playstation öyin qurilmasi, tyuner, planşet, elektron qöl soati, smarfton kabi jami 21 dona texnika buyumlarini bojxona nazoratidan çetlab, olib kirişga uringan ekan.
Bundan taşqari uşbu tovarlar orasidagi 2 dona tyunerlarni közdan keçiriş davomida, ularning içiga 5 turdagi 44 dona smartfonlar mohirlik bilan yaşirilganligi foş böldi.

Hadiça Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining xulosasiga köra, aşyoviy dalil tariqasida olingan yuqoridagi tovar-moddiy boyliklarning umumiy bahosi 233 million sömdan oşar ekan.
Ayni şu reys bilan uçib kelgan Botir Usmonov ham qinğir rejalarini amalga oşirolmadi. Uşbu yölovçi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida ma'lum qilmasdan turib, tyuner, planşet, zamonaviy qöl soati, proyektr va noutbuklardan iborat jami 17 ta texnika buyumlarini noqonuniy ravişda oilb kirişga uringan paytda töxtatib qolindi.

Qarang-ki, uşbu şaxs ham bojxonaçilarni çalğitiş maqsadida yuqoridagi kabi nayrangni qölladi. Ya'ni, 2 dona tyunerlar orasiga 2 turdagi 15 dona uyali aloqa vositalarini mohirlik bilan yaşirgan ekan.
Ekspertiza xulosasiga köra, uşbu şaxsdan olib qöyilgan tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati esa 120 mln. sömdan ortiqni taşkil qildi.
Mazkur holatlar yuzasidan uşbu şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublika Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandiga muvofiq jinoyat işlari qözğatildi.














