London Universitet kolleji tadqiqotçilari uydagi internet tezligini 10 Gbit/s.ga qadar tezlaştirişning uddasidan çiqişdi. Ular tiğiz vaqtlarda optik tolali tarmoqlardagi ma'lumotlarni sekin yuklaş muammosiga yeçim topişdi, deya xabar bermoqda ScienceDaily.

Tiğiz vaqtda ma'lumotlarni optik tolali kanallar orqali uzatiş tezligining taxminan 30 foizga pasayişi yaqinda tarixga aylanadi. UCL mutaxassislari qabul qiluvçi qurilmaning maxsus turini işlab çiqişdi, u har bir foydalanuvçiga internet uçun ajratilgan çastotaga kiriş imkonini beradi. Bu ma'lumotlarni 10 Gbit/s.dan köproq tezlikda yetkazib beriş degani, ya'ni Buyuk Britaniyada uydagi internetning eng maksimal tezligidan 30 barobarga ortiq.

Xitoyning Huawei elektronika işlab çiqaruvçisi moliyalaştirilişida iştirok etgan tadqiqot optik tolali tarmoqlarning ötkaziş imkoniyatini oşirişga qaratilgan. Eng yaxşi holatda, ma'lumotlarni yuklaş tezligini oşiriş uçun har bir abonentga tölqin uzunligini ajratiş lozim böladi. Biroq, bunday yeçimlarni garçi texnik jihatdan amalga oşiriş mumkin bölgan bölsada, juda qimmatga aylangan. UCL olimlari ança arzonroq, ixçamroq va kamroq analog datçiklarini işlatuvçi qurilmani işlab çiqişdi, u har bir abonent uçun alohida ajratilgan çastotadan foydalangan holda ma'lumotlarni yuqori tezlikda uzatişni ta'minlaydi.

Qurilmaning soddalaştirilişiga optik tolali kanalga kiriş tarmoqlari uçun kodlaştiriş hisobidan erişildi, u avvaliga simsiz aloqada signal töxtab qolişining oldini olişda işlatilgan. «Bu oddiy qabul qiluvçi qurilma foydalanuvçilarga ajratilgan tölqin uzunligini taklif qiladi, şuning uçun internet-sahifalar yuklaniş tezligi tarmoqqa qança foydalanuvçi bir vaqtning özida ulanganiga qaramay, özgarişsiz qoladi», - deydi ixtiro mualliflaridan biri Sezer Erkilinç.

Yangi qurilma London markazidagi Universitet kolleji kampusini Britaniya poytaxti şarqi va ğarbida joylaşgan boşqa ikkita bino bilan boğlovçi optik tolali tarmoqda sinovdan ötkazildi. Ma'lumotlar 8 ta abonentga uzatildi, ularni kamida 10 Gbit/s.lik tezlikda yuklab oliş hamda tarmoqqa qayta joylaştiriş imkoni yaratildi.