Yölboşçi (lider) kompaniyaning rivojlaniş yönalişi va maqsadini belgilab beradi, jamoani ilhomlantiradi, birlaştiradi va ravnaq toptiradi, deb yozadi işbilarmon va biznes-murabbiy Vaçe Davtyan.

1. Statusning buzilişi — hayot uçun tahdiddir. Nega yölboşçilarning 90 foizi baxtsiz? Çunki ular doimo status uçun kuraşda yaşaşadi. Status — har qanday insonning eng himoya qilinadigan narsasidir. Statusga daxl qilinişi hayotga tahdid bilan tenglaştiriladi. Qadimgi zamonlarda, örni balandroq erkaklar göştning kattaroq bölagi va eng yaxşi ayollarga egalik qilgan. Statusning buzilişi esa qabiladan quviliş va oç-nahor ölişni bildirgan. Şuning uçun jamiyatdagi örnimiz yaşaş uçun kuraşga öxşaydi — statusim qança baland bölsa, şunçalik muvaffaqiyatli yaşayman.

2. Doim statusi uçun kuraşayotgan yölboşçi — kuçsiz yölboşçi. U insonlarni tahqirlab, mikro-menejment bilan maşğul böladi va kompaniya vazifalarini yeçişga ulgurmaydi. U doimo özaro status talaşuvçi ojiz insonlarni yiğib oladi. Alal-oqibatda ziddiyatlar yuzaga keladi va kompaniya uzoq muddatli rejada muvaffaqiyatli böla olmaydi.

3. Yölboşçi — ilhomlantiradi, menejyer — rağbat uyğotadi. Yölboşçi kompaniyaning yönaliş va maqsadlarini aniqlaştiradi, jamoani ilhomlantiradi, birlaştiradi va rivojlantiradi. Menejyer insonlarning yutuqlarini rejalaştiradi, taşkillaştiradi va nazorat qiladi, şuningdek, kompaniyada rağbatlantiriş tizimini yaratadi.

4. Rahbarda yölboşçilik menejyerlik sifatlarining qanday proporsiyasi bölişi kerak? Har qanday insonda ham yölboşçi, ham menejyerlik xususiyati böladi. Oddiy xodimda bu nisbat 90 foizga 70 foiz bölmoği kerak. Inson rahbarlik lavozimiga kötarilganida proporsiya 50 ga 50 böladi. Oliy toifali rahbar — 70 foiz yölboşçi va 30 foiz menejyer böladi.

5. Taşkilot — yölboşçining közgusi. Agar taşkilotingizda sizga nimadir yoqmay boşlasa, közguga qarang. Doimo sabablarni özingizdan izlang, taşqaridan emas. «U yolğonçi» deya körmang, «nega men özimni aldaşlariga yöl qöyib berdim», deng.

6. Eng katta xatolardan biri eng yaxşi professionalning yölboşçi qilib tayinlanişidir. Eng yaxşi sotuvçi — rahbar, eng yaxşi logist — rahbar böladi. Aslida, yölboşçiga mutlaqo boşqa sifatlar kerak! Yölboşçi öz kasbining eng yaxşisi bölişi kerak emas.