Yap Stam öynagan ilk klub mahalliy «DOS Kampen» bölgan edi. 1992 yilda esa, uning professional debyuti amalga oşdi – «Zvolle» tarkibida «Herakles»ga qarşi öyinda maydonga tuşdi. Keyin ikki yil «Kambyur», bir mavsum «Villem» tarkibida töp surdi. 1996 yilning aprelida u terma jamoa safida ilk öyinni ötkazdi va hatto Yevro-96 zayavkasiga kiritildi.

«Villem» tarkibidagi oxirgi öyinlaridan birida Stam jamoadoşlari bilan kimsan «Ayaks» ustidan ğalaba qozongandi, öşa öyindagi novça, baquvvat markaziy himoyaçining öyini Niderlandiyaning boşqa bir katta klubi PSV «Eyndxoven»ning e'tiborini jalb qiladi. Stam tezda PSVda muhim öyinçilaridan biriga aylandi – ikki yilda mamlakat kubogi va çempionligi, ikki superkubok. 76 öyinda 12 gol muallifi bölgan Yap 1997 yilda Niderlandiyaning eng yaxşi öyinçisi deb topildi.

«Men Stam qanday qilib jamoa yetakçisi bölib qolganini sezmay ham qoldim. U jismonan juda baquvvat, öyinni juda yaxşi his qilardi va murabbiy körsatmasini qoyilmaqom uddalardi. Mana şu xislatlari unga avvalroq faoliyatini boşlagan jamoadoşlariga yetib olişda yordam berdi», – deydi öşa davrlarda PSVning yetakçi öyinçilaridan biri Filip Koku.

JÇ-98da Yap Stam Niderlandiya terma jamoasining asosiy öyinçilaridan biri böldi va tabiiyki, Yevropa grandlari unga e'tibor qarata boşladi.

«MANÇeSTeR YuNAYTeD»

«Agentim uyimga keldi va şaharda qurilayotgan ulkan savdo markazining qiymatiça pulni «Mançester Yunayted» men uçun tölamoqçi bölayotganini aytdi. Işonmadim, rosti, dunyodagi heç qaysi futbolçi bu qadar qimmat bölişi mumkin emas deb öylardim», – deya eslaydi Yap Stam.

1998 yilning yozida uzoq yillar «MYu» markaziy himoyasining qörğoni bölgan Gari Pallisterni sotgan Aleks Fergyuson örinbosarga ehtiyoj sezayotgandi. Şuning uçun, jahon çempionati tugaşi bilan Fransiyada özini körsatgan niderlandiyalik markaziy himoyaçi haqidagi barça ma'lumotlar murabbiyning stoli ustida turgandi. «Yunayted» Stam uçun öşa davr uçun aql bovar qilmas summani – 16 million yevroni töladi va qahramonimiz eng qimmatbaho gollandiyalik futbolçi sifatida tarixga kirdi.  

Öşa mavsum «Mançester Yunayted» uçun qanday yakunlanganini bilamiz – Angliya kubogi finalida «Tottenhem» ustidan işonçli ğalaba, APL çempionligi va Barselonadagi unutilmas oqşom. Bunday yorqin debyutdan keyin, hammasi aniq, Yap Stam keyingi yillarda Yevropaning eng yaxşi jamoasida eng muhim himoyaçi bölişi kerak.