Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram'da qo‘shma jonli efir funksiyasi paydo bo‘ldi
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirga odam qo‘shish funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Foydalanuvchi uning translyatsiyasini ko‘rayotgan istagan folloverni efirga qo‘sha oladi. Ikkinchi inson qo‘shilganidan keyin ekran ikkiga bo‘linadi, keyingi ulangan foydalanuvchi ekranning pastki qismida aks etadi.
Mehmonni istagan vaqtda efirdan chiqarish mumkin, shu bilan birga, uning o‘zi ham efirni mustaqil tark etish imkoniga ega.
Ta'kidlash joizki, yangilanish avgust oyidayoq bir necha mamlakatda test rejimida ishga tushirilgandi.
"Jonli efir" funksiyasi Instagram'da 2016 yilning noyabrida paydo bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
23:44 / 14.10.2025
Instagram o‘smirlar uchun yangi cheklovlarni joriy qildi
23:38 / 07.10.2025
Instagram mualliflar uchun Rings mukofotini ta’sis etdi
22:04 / 07.10.2025