FIFA talqini böyiça yilning eng yaxşi futbolçisiga ovoz beriş jarayoni yakunlari e'lon qilindi.

Unda terma jamoalarning murabbiylari va sardorlari, şuningdek ommaviy axborot vositalarining maşhur jurnalistlari iştirok etdi.

Sörovnoma yakuniga köra, «Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu 43,16 % ovoz töplab, birinçi örinni qölga kiritdi. «Barselona» yetakçisi Lionel Messi (19,25 %) ikkinçi va uning sobiq jamoadoşi Neymar (6,97 %) uçinçi örinni egalladi.

Tabiiyki, ötgan mavsumning qahramonlari bölmiş bu uç nafar futbolçi boşqalarga qaraganda birinçi öringa köproq loyiq körildi.

FIFA öz rasmiy saytida kim kimga ovoz berganini e'lon qilganidan söng, qiziq holatlarga duç keldik.

Ma'lum bölişiça, ötgan mavsumda Ronaldu, Messi yoki Neymardan ham yaxşiroq öyin namoyiş qilgan boşqa futbolçi borligiga işonadiganlar bir talay ekan.

Keling, ularning öziga xos xit-paradi bilan tanişamiz.

Foto: Getty Images

Eden Azar (1 marta birinçi öringa loyiq körildi)

Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines fikriga köra, «Çelsi»da töp surayotgan uning şogirdi dunyoning eng yaxşi futbolçisi bölişga loyiqdir. Azar ötgan mavsumda jamoasining APL ğolibligini qölga kiritişiga salmoqli hissa qöşgan edi.

Foto: Getty Images

Manuel Noyyer (2)

«Bavariya» va Germaniya terma jamoasi posboni ötgan mavsumni ham yuqori saviyada ötkazdi. Polşa terma jamoasi sardori va uning jamoadoşi Robert Levandovski va Tailand termasi sardori Thamsatçanan Kavin aynan unga öz ovozini bergan.

Foto: Getty Images