Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasining xabariga köra, viloyat içki işlar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tezkor xodimlari bilan hamkorlikda olingan tezkor ma'lumot asosida, Asaka tumanidagi yöl-patrul xizmati maskanida tadbir ötkazildi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Tadbir davomida Oltinköl tumanida yaşovçi M.D. töxtatilib, tekşiriladi. M.D. bilan ötkazilgan suhbat çoğida, u tanişini moddiy manfaatdorlik evaziga çet davlatiga olib ketayotganligi, oyiga 2500-3000 AQŞ dollari miqdoridagi oylik tölanadigan iş va'da qilganligi, aslida undan çet mamlakatda şahvoniy maqsadlarda foydalanmoqçiligi ma'lum böldi. 

M.D. oldindan olgan 200 ming söm pul aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirildi. Holat yuzasidan tergov harakatlari ötkazilmoqda.