Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev prezident Rajab Toyyib Erdöğanning taklifiga binoan 25 oktabr kuni davlat taşrifi bilan Turkiyaga jönab ketdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Avval xabar qilinganidek, Anqara şahrida bölib ötadigan oliy darajadagi muzokaralar çoğida Özbekiston va Turkiya örtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boşqa sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş, global hamda mintaqaviy tahdid va xatarlarga qarşi birgalikda kuraşiş masalalari muhokama qilinadi, xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşiladi.
Özbekiston delegatsiyasi, şuningdek, Istanbul şahriga ham taşrif buyuradi.
Taşrif yakunlari böyiça davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti qabul qilinişi, turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş, jumladan, Özbekiston va Turkiya işbilarmon doiralari örtasida özaro manfaatli aloqalar uçun qulay şaroitlar yaratiş, sayyohlar almaşinuvi va madaniy-gumanitar aloqalarni faollaştirişga qaratilgan köplab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.













