Amerikalik boksçi Jozef Kouts professional ringdagi debyutini qoldirişga qaror qildi, deb xabar bermoqda iSport.ua.

19 oktabr kuni u Darem şahrida kenja Hasim Rahmonga (superoğir vazndagi sobiq jahon çempionining öğli) qarşi ilk jangini ötkazişi lozim edi.

Biroq, ringga kötarilganidan söng, u jang qiliş qaroridan voz keçdi. Qiziği şundaki, bundan oldin promouterlari uni 40 daqiqa davomida, jang qiliş uçun köndirişga uringan edi.

Raxmonning promouteri bunday voqeani umrida birinçi marta körayotganini aytdi.

«48 yillik faoliyatimda bunaqasini körmaganman, boksçi ketdi qoldi. Suxandon nima voqea yuz berganini tomoşabinlarga tuşuntirgunça, u juftakni rostlab qolibdi» - dedi Greg Koen.

Şimoliy Karolina ştatining Atletika qömitasi qoidalariga köra, Kouts diskvalifikatsiya qilindi va kenja Rahmonga ğalaba yozildi.