Avstriyaga noqonuniy kirişga uriniş vaqtida kamida 70 ta qotillikni sodir etgan pokistonlik yollanma qotil qölga olindi.
Politsiya ma'lumotlariga köra, qölga olingan 35 yoşli Atif Z. Avstriyaga Vengriya orqali kirmoqçi bölgan, biroq Vengriyadagi M60 şossesida 41 nafar noqonuniy muhojir bilan birga töxtatilgan.
"Gumonlanuvçi Interpolning qidiruv talabi asosida zudlik bilan uşlangan. Uning Pokistonga topşirilişi masalasi yaqin kunlarda hal qilinadi", deyilgan politsiyada.
Qölga olingan jinoyatçi Pokistondagi eng taniqli yollanma qotil va "Pokiston davlatining birinçi raqamli duşmani", Pokistonda eng qidiriluvçi jinoyatçi bölgan. Atif oxirgi vaqtlar odam savdosi bilan şuğullangan. U 2016 yilda yopilgani e'lon qilingan ğarbiy Bolqon migratsiya yöli orqali Serbiya va Vengriyadan Avstriyaga muhojirlarni ötkazişni taşkillaştirgan.












